Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Luka Modrich Messi boshchiligidagi sobiq "Barsa"chilar harakat qilayotgan klubga o‘tishi mumkin

Luka Modrich Messi boshchiligidagi sobiq "Barsa"chilar harakat qilayotgan klubga o‘tishi mumkin

"Real Madrid"ning faxriysi kelajagi haqida jiddiy o‘ylamoqda. Shartnomasi yakuniga yetar ekan, Devid Bekxem tomonidan xorvatiyalik futbolchiga qiziqish tobora ortib bormoqda.

39 yoshida Modrich "Real Madrid"ning asosiy o‘yinchisi rolini yo‘qotmoqda. Uning "Santyago Bernabeu" bilan xayrlashuvi hissiy jihatdan qiyin bo‘ladi, ammo tanish chehralar bilan o‘ralgan MLSdagi yangi chaqiruv jozibador bo‘lib tuyulishi mumkin.

Mayamida uni allaqachon quchoq ochib kutib olishlari aniq. Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan birga o‘ynash imkoniyati uni qiziqtirishi mumkin.

Joriy mavsum Modrich “Real” safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:40 23.04.2025. O'qildi: 2607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!