Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, London polisiyasi 4 oktyabr kuni Buyuk Britaniyada taqiqlangan Palestine Action tashkiloti tarafdorlarining namoyishida 492 kishini hibsga oldi. Ulardan deyarli barchasiga “taqiqlangan tashkilot faoliyatida ishtirok etish” ayblovi qo‘yilgan, yana to‘rt kishiga kichik huquqbuzarliklar uchun ayblovlar e’lon qilindi. Hibsga olinganlarning yoshi 18 dan 89 gachani tashkil etgan.
Shu kuni Rim, Barselona va Madrid shaharlarida ham Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari bo‘lib o‘tdi.