Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Londonda G‘azodagi ocharchilikka qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Londonda G‘azodagi ocharchilikka qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Anadolu agentligining xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada Falastin tarafdorlari, Isroilning ocharchilik hukm surgan G‘azodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratish uchun Londondagi Isroil elchixonasi oldida idish-tovoqlar bilan namoyish o‘tkazgan.

Minglab Falastin tarafdorlari, Isroil hujumlari va blokadasi ostida bo‘lgan G‘azodagi ochlik va qahatchilikka norozilik bildirish uchun Londondagi Isroil elchixonasi oldida to‘plangan.

Namoyishchilar, Isroilning falastinliklarni ochlikdan o‘ldirishiga norozilik bildirish uchun qozon-tovoqlarni qoshiq bilan urib, G‘azoda tinch aholining ochlikdan o‘layotganiga e’tibor qaratdi.

“Falastinga ozodlik” kabi shiorlar bilan chiqqan namoyishchilar, Isroilning G‘azoni ishg‘ol qilish rejalariga ham munosabat bildirgan.

Kiritildi: 05:10 24.08.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!