Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida o‘zbekistonlik delegasiya ham ishtirok etmoqda

Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida o‘zbekistonlik delegasiya ham ishtirok etmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi axborotga ko‘ra Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegasiyasi London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Unda ta’lim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining o‘qitish tizimiga ta’siri hamda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida: Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 02:10 24.05.2022. O'qildi: 2524 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!