Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

London va Ar-Riyod G‘azoda gumanitar tin olishga erishish yo‘lini izlamoqda

A A A
London va Ar-Riyod G‘azoda gumanitar tin olishga erishish yo‘lini izlamoqda

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan qamaldagi G‘azo sektorida gumanitar tin olish jarayoniga erishish masalasini muhokama qildi.

Bu haqda Britaniya TIV rahbari ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Kemeron London G‘azoda zudlik bilan gumanitar pauza qilish, so‘ngra harbiy harakatni davom ettirmasdan, barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchiligini bildirgan.

Mintaqadagi tinchlik Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni uchun ustuvor maqsad, deb yozgan mulozim. Bir kun avval u Qirollik va O‘mon Yaqin Sharqda mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash va keskinlikni pasaytirish uchun hamkorlikda ish olib borayotganini aytgandi.

“Barqaror o‘t ochishni to‘xtatish va muammoga uzoq muddatli siyosiy yechim topish yo‘lida hamkorlar bilan ishlashda davom etamiz”, – deya qo‘shimcha qilgan Kemeron.

Kiritildi: 17:20 01.02.2024. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!