Isroil London tomonidan Isroil aholi punktlarida ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilganiga javob tariqasida Sharqiy Quddusdagi Britaniya konsulligini yopishga qaror qildi.
Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ma’lum qildi.
«Britaniyaning bu qadami axloqan buzuq yondashuv bo‘lib, suveren davlatning ichki ishlari va uning saylov jarayoniga qo‘pol aralashuvni anglatadi», — deya Saarning so‘zlarini Reuters keltiradi.
Shuningdek, tashqi ishlar vaziri ayrim Britaniya siyosatchilari va mamlakatning boshqa fuqarolariga Isroilga kirish taqiqlanishini ma’lum qildi.