Buyuk Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadni emas, balki aktivlarni ham Ukrainaga o‘tkazish uchun qonuniy imkoniyatlarni qidiradi.
Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rahbarining idorasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Italiyada bo‘lib o‘tgan «G7» (Katta yettilik) sammiti doirasidagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
«Ikkala yetakchilar G7 ning Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lardan foydalangan holda Ukraina uchun muhim yangi moliyalashtirishni ta’minlash va muzlatilgan aktivlardan o‘zlari foydalanish yo‘llari ustidagi keyingi ishlarni davom ettirish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq «Ettilik» davlati yetakchilari 2024 yil oxirigacha Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydadan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.