Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan "xohlaganlar koalisiyasi"ning onlayn yig‘ilishida Britaniya bosh vaziri Kir Starmer London Kiyevga havo hujumidan mudofaa raketalarining yangi partiyasini yetkazib berishini ma’lum qildi.
Guardian gazetasi xabar berishicha, Starmer "koalisiya" mamlakatlari yetakchilarini Ukrainaga harbiy kontingentni joylashtirish ehtimoli bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni olishga chaqirgan.
"Buyuk Britaniya yaqin haftalarda Ukrainaga yana havo hujumidan mudofaa raketalarini yuboradi", dedi bosh vazir.
Starmer, shuningdek, so‘nggi chora-tadbirlar allaqachon o‘z ta’sirini o‘tkazganini ta’kidlab, Moskvaga bosimni saqlab qolish uchun Rossiya energiya ta’minotiga to‘liq embargo qo‘yishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar ijobiy yo‘nalishda ketmoqda. “Ukraina AQShning kelishuv rejasiga ba’zi konstruktiv o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi, bu esa Kiyevning Yevropadagi ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi gazeta.