Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Lola Karimova-Tillayeva: Islom Karimov xotira yodgorligi chuqur ramziylikka yo‘g‘rilgan

Lola Karimova-Tillayeva: Islom Karimov xotira yodgorligi chuqur ramziylikka yo‘g‘rilgan

Moskva shahri markazida joylashgan xiyobonda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga o‘rnatilgan haykalning rasmiy ochish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi o‘z sahifasida bu haqda post yozdi.

Unga ko‘ra, Moskvadagi yodgorlik hamda Islom Karimov nomi bilan atalgan xiyobon an’analar va madaniyatning betakror uyg‘unligini, shu bilan birga, davr shiddatini aks ettiradi.

“Bizning vazifamiz ushbu xiyobonga tashrif buyurgan har bir insonda mehmondo‘stligi va ko‘p asrlik boy madaniyati bilan shuhrat qozongan o‘zbek zaminiga qadam qo‘yish hissini uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu orqali ona Vatanga muhabbat tarannum etildi. Bizning ijodiy maqsadimiz ushbu maskanni o‘zbek xalqining milliy o‘zligi va qadim tarixi timsoliga aylantirish hamdir. Biz uchun xiyobon va mahobatli yodgorlik shahar muhiti va ruhiga uyg‘un bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi”, — deb yozgan Lola Karimova-Tillayeva.

Lola Karimova-Tillayeva Karimov Fondi nomidan Rossiya Federasiyasining prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Moskva shahri meri Sergey Sobyanin, Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston Respublikasining hukumatlari, O‘zbekiston prezidenti ma’muriyati, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiya, Belarus Respublikasi va Germaniyadagi elchixonalariga minnatdorlik bildirgan.

 

Kiritildi: 18:07 18.10.2018. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!