Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«Lokomotiv» - «Bunyodkor» uchrashuvini vaqtincha to‘xtatganlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

«Lokomotiv» - «Bunyodkor» uchrashuvini vaqtincha to‘xtatganlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lokomotiv - Bunyodkor” uchrashuvi PFL komissari yo‘qligi sabab vaqtincha to‘xtatildi” sarlavhasi bilan tarqalgan xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati IIBB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 19 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv - Bunyodkor” uchrashuvida, jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan hududiy IIB xodimlari va PFL rasmiysi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

"Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Jarayonda xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, qo‘shimcha o‘rganilmoqda.
Yakuniy xulosaga ko‘ra aybdorlik darajasidan kelib chiqib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi.
Kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun xodimlar o‘rtasida “ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlash“ yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakaviy o‘quv rejalari joriy qilinadi", deyiladi munosabatda.
Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!