Kiyev Rossiyaning raketa hujumi oqibatida 17 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Ukraina janubidagi Krivoy Rog shahriga Rossiyaning raketa zarbalari natijasida kamida 17 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda yakshanba kuni Ukraina hukumati.
Xabar qilinishicha, Rossiya Kiyevdan 350 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharga ikkita ballistik raketa bilan zarba bergan.
Viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Vilkulning aytishicha, 20 dan ortiq bino, jumladan, turar-joy bloki ham zarar ko‘rgan.
Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z kuchlari bir kechada o‘z hududi uzra 110 ta Ukraina dronini urib tushirganini ma’lum qildi. Dronlardan biri Moskva yaqinida tutib olindi, dedi vazirlik.