Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Lloyd Ostin va Sergey Shoygu fevraldan buyon ilk marta telefon orqali muloqot qildi

Lloyd Ostin va Sergey Shoygu fevraldan buyon ilk marta  telefon orqali muloqot qildi

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Qayd etilishicha, bu ularning 18 fevraldan buyon o‘tkazgan ilk suhbati hisoblanadi.

«Vazir Ostin zudlik bilan Ukrainadagi o‘t ochishlarni to‘xtatishga chaqirdi va aloqa liniyalarini saqlab qolish zarurligini ta’kidladi»,— dedi Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi.

«Xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari, jumladan, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Suhbat Amerika tomonining tashabbusi bilan o‘tkazildi»,— deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.

Aprel boshlarida Lloyd Ostin u va AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli bir necha bor Sergey Shoygu bilan bog‘lanishga uringani, ammo «ruslar javob bermagani»ni aytgandi.

Kiritildi: 23:31 13.05.2022. O'qildi: 3749 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!