20 mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylarining bildirishicha, mamlakat "epik darajada falokat"ni boshidan kechirmoqda.
Mutaxassislar qurbonlarning bunday darajada ko‘pligi sabablari haqida hali ham aniq fikr bildirmagan, ammo deyarli ko‘pchilik uzoq yillar davomida to‘g‘onlarning kerakli holatda saqlanmaganini asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rmoqda. Aynan shu sababli, "Daniel" to‘foni Liviyaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga urilganda, to‘g‘onlar o‘z vazifasini bajara olmagan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Liviyaning Derna shahridagi suv toshqini iqlim va geografik sharoitlar qanday qilib bo‘ronni falokatga aylantirishi mumkinligiga yaqqol misoldir.