"Liverpul" muxlislari ustiga mashina bostirib borishi oqibatida jarohatlanganlar soni 80 nafarga yaqin, deya aniqlik kiritdi shahar polisiya boshqarmasi.
Polisiya qo‘shimcha jarohatlar haqida xabar topganidan beri bu raqam deyarli ikki baravar oshdi. Shifoxonalarda 7 nafar jabrlanuvchi qolmoqda - ularning ahvoli barqaror.
Muxlislarni urib yuborgan 53 yoshli haydovchi qotillikka urinish va giyohvand modda ta’sirida xavfli haydashda gumon qilinmoqda. 29 may kuni kechgacha unga yo ayblov e’lon qilishlari, yo qo‘yib yuborishlari kerak.