Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Liverpul" yulduzi KO‘JCh startigacha "Real"ga o‘tadi

"Liverpul" yulduzi KO‘JCh startigacha "Real"ga o‘tadi

Matbuot anchadan beri "Real"ni "Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bilan bog‘lab keladi. Futbolchining shartnomasi 30 iyungacha mo‘ljallangan, ammo Madrid klubi Trentni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bunday imkoniyat mavjud, chunki FIFA 1-10 iyun kunlari ochiladigan qo‘shimcha transfer oynasini yaratdi.

The Sun xabariga ko‘ra, "Real" "Liverpul"ning talabini bajarishga va iyun oyi boshida Trentning transferi uchun 1 million yevro to‘lashga tayyor.

Trent Aleksandr-Arnold "Liverpul" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli futbolchi "qizillar"ning asosiy jamoasi safida 351 ta o‘yin o‘tkazgan. Trentning hisobida 23 ta gol va 92 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 14:36 05.05.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!