"Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan PSVga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi - 1:4. O‘yin Angliyadagi "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar hujumchisi Ivan Perishich 6-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, "qizillar" hisob tenglashdi - Dominik Soboslai gol urdi. Tanaffusdan so‘ng gollandiyaliklar safida Koxaib Driosh dubl qayd etdi va Gus Til bitta gol urdi.
PSV ochkolarini 8 taga yetkazib, 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Liverpul" esa 9 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.
ECHL. 5-tur
27 noyabr, 01:00
Liverpul - PSV - 1:4
Gollar: Perishich, 6 - penaltidan (0:1). Soboslai, 16 (1:1). Til, 56 (1:2). Driosh, 73 (1:3). Driosh, 90+1 (1:4)
"Liverpul": Mamardashvili, van Deyk, Konate (Kyeza, 76), Kerkez, Soboslai, Gravenberx, Makallister, Djons, Gakpo, Salax, Ekitike (Isak, 61)
"PSV": Kovarj, Gaserovski, Sxauten, Salax-Eddin, Dest, Mauro Junior, Verman, Saybari, Perishich (Pepi, 69), Man (Bayraktarevich, 89), Til (Driosh, 69)
Ogohlantirishlar: van Deyk, 17