«Liverpul» bir qator futbolchilar bilan yangi bitim tuzishni reja qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, jamoa avvalroq himoyachi Virjil van Deyk va hujumchi Mohammad Saloh bilan kelishuv uzaytirilgan edi.
Football Indiser xabariga ko‘ra, Ibrohima Konate, Luis Dias va Diogu Jota bilan yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Ammo Jota va Dias bilan dastlabki muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
Van Deyk va Salohning shartnomani uzaytirganidan so‘ng Diogu va Luis ham «qizillar»da qolishni istamoqda. Konate esa jamoadan katta maosh so‘rayotgani sabab muzokaralar to‘xtab qolgandi.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» APLda 79 ochko to‘plagan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda va kelasi turda chempionlikni nishonlashi mumkin.