Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

"Liverpul" Salohga yangi shartnoma taklif qilmagan

"Liverpul" Salohga yangi shartnoma taklif qilmagan

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klub unga yangi shartnoma taklif qilmaganini aytdi. Misrlik futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

"Deyarli dekabr bo‘ldi va men klubda qolish uchun bironta ham taklif olganim yo‘q.

Bilasizmi, men ko‘p yillardan buyon klubdaman. Bunga o‘xshagan boshqa klub yo‘q. Lekin oxir-oqibat bu mening nazoratim ostida emas. Aytganimdek, dekabr yaqinlashmoqda va men hali ham kelajagim haqida hech narsa bilmayman.

Men xafa bo‘ldimmi? Albatta ha. Men muxlislarni yaxshi ko‘raman. Muxlislar meni yaxshi ko‘rishadi. Oxir oqibat, bu mening qo‘limda emas va muxlislarning qo‘lida emas. Keling, kutamiz va ko‘ramiz", dedi Saloh.

Kiritildi: Bugun 15:31. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!