"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, klub qimmatbaho transferlardan so‘ng "Real"ga o‘xshab qolgan.
Bir kun avval shvesiyalik hujumchi Aleksandr Isak 125 mln yevro evaziga jamoa tarkibini to‘ldirishi ma’lum bo‘lgandi.
"Liverpul"ning Galaktikosga aylanishi Aleksandr Isakning APL tarixidagi rekord transferidan so‘ng yakunlandi. Yurgen Klopp o‘z faoliyati davomida samarali foydalangan anderdog xaritasi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi," - deya ekspertning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.
Uning fikricha, hozirda "Liverpul" ko‘proq 1970 va 1980 yillardagi gullab-yashnagan davrini, shuningdek, Aleks Fergyuson davridagi "Manchester Yunayted", Roman Abramovich davridagi "Chelsi" va "Manchester Siti" bilan "Barselona"ni eslatadi.
Umumiy hisobda "Liverpul" yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar uchun 400 mln funt sarfladi. Klub Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.