Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” hujumchisi Aleksander Isaak 30 ming funt sterlingga (34 ming yevro) doberman zotli qo‘riqchi it sotib oldi.
Britaniyaning The Sun nashrida keltirilishicha, Shvesiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniridagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki tufayli fanatlar 24 yoshli futbolchiga o‘lim bilan tahdid qilmoqda.
Isaak shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va uyini qo‘riqlash uchun doberman sotib olishiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, Angliya Premyer-ligasi futbolchilari orasida shaxsiy mulkni himoya qilish uchun itlardan foydalanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu Buyuk Britaniya hududida mashhurlar uylariga o‘g‘rilik va bosqinchilik uyushtirish holatlari ko‘pligi bilan izohlanyapti.
Aleksander Isaak Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. Liverpulliklar shvesiyalik yulduzni olish uchun o‘tgan yoz “Nyukasl”ga 145 million yevro to‘ladi.