Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Liverpul" Muhammad Salohga o‘rinbosar topdi

"Liverpul" Muhammad Salohga o‘rinbosar topdi

"Liverpul" Muhammad Salohga o‘rinbosar sifatida "Atletik Bilbao" futbolchisi Niko Uilyamsni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, mersisaydliklar allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Yaqinda Slot jamoasi Saloh o‘rniga "Bornmut"dan Semenyoni olib kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hozirda ispaniyalik futbolchining "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million yevroni tashkil etadi. Uning "Atletik" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Niko joriy mavsum Ispaniya klubi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:57 19.12.2025. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!