Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Liverpul" ingliz futboli uchun rekord transferni amalga oshirmoqchi

"Liverpul" ingliz futboli uchun rekord transferni amalga oshirmoqchi

"Liverpul" hujumchi Aleksandr Isak bo‘yicha "Nyukasl"ga taklif bilan chiqadi.

"Qizillar" vinger Luis Diasni "Bavariya"ga sotishga yaqin turibdi - bitim qiymati taxminan 75 mln yevroni tashkil qiladi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar kolumbiyalik futbolchi bilan xayrlashgan zahoti Isakni qo‘lga kiritish bo‘yicha faol ish boshlamoqchi. "Liverpul" shvesiyalik futbolchi uchun rekord narx taklif qilishga tayyor.

Aleksandr Isakning o‘zi Arne Slot jamoasiga o‘tishni juda xohlaydi va Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish variantlarini ko‘rib chiqmayapti. Transfermarkt portali 25 yoshli hujumchining narxini 120 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:40 28.07.2025. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!