"Al-Hilol" "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyesga bonuslardan tashqari yiliga 15 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qildi, deb xabar beradi Sky Sport.
Chorshanba kuni klublar Urugvay terma jamoasi futbolchisining transferi bo‘yicha kelishib olgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, "Al-Hilol" va Nunyes shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Tibbiy ko‘rik va shartnoma imzolanishi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. Shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Nunyes 2022 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilmoqda. U "qizillar" safida barcha musobaqalarda 143 ta o‘yinda maydonga tushib, 40 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.