«Liverpul» turnir tugashiga to‘rt tur qolganida Angliya premyer-ligasi g‘olibiga aylandi. Turnirdagi tarixiy va esda qolarli voqea liverpullik muxlislar guvohligida yuz berdi — «Enfild»da «Tottenhem» 5:1 hisobida tor-mor etildi.
«Liverpul» Angliya oliy ligasida oxirgi marta 2020 yilda chempionlikni nishonlagandi.
Shu tariqa «Liverpul» 20-marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, «Manchester Yunayted»ga yetib oldi. Premyer-ligada hali hech bir jamoa 20 martadan ortiq chempion bo‘lmagan.