"Liverpul" o‘z maydonida Premyer-liganing 34-turida "Tottenxem"ni tor-mor etdi - 5:1.
Mezbonlar safida Luis Dias, Aleksis Makallister, Kodi Gakpo va Muhammad Saloh o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir golni mehmonlar himoyachisi Destini Udoji o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. "Tottenxem"ning yagona goliga Dominik Solanke mualliflik qildi.
"Liverpul" ushbu g‘alaba evaziga muddatidan avval Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi - 2024/25. Jamoa 82 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda - 2-o‘rindagi "Arsenal" (67) mersisaydliklarga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
"Liverpul" o‘z tarixida 20-marta chempionlikni qo‘lga kiritdi va bu borada "Manchester Yunayted" bilan tenglashib oldi. Endilikda bu klublar chempionlik bo‘yicha rekordni bo‘lishib turibdi.
"Tottenxem" Angliya chempionati 2024/25 turnir jadvalida 37 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.