Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Livanning “Hizbulloh” guruhi mamlakat janubiga bostirib kirishga uringan Isroil kuchlarini haydab chiqardi

Livanning “Hizbulloh” guruhi mamlakat janubiga bostirib kirishga uringan Isroil kuchlarini haydab chiqardi

Guruh bayonotiga ko‘ra, Nabatiya shahri yaqinidagi Kfar Tebnit shaharchasi atrofida Isroil harbiy kuchlari oldinga siljishga harakat qilgan. Isroil bo‘linmasi tarkibida bitta ekskavator va ikkita “Merkava” tanki bo‘lgan. “Hizbulloh” vakillari ularga raketa va dronlar orqali zarba berib, harakatlanishini to‘xtatgan.

15 iyun kuni ertalab aynan shu hududda Isroil droni bir nechta mashinani nishonga olgan edi. Livanning NNA milliy axborot agentligi xabar berishicha, hujum oqibatida haydovchi halok bo‘lgan. Bu AQSh va Eron o‘rtasida kelishuv e’lon qilinganidan keyin qayd etilgan birinchi o‘lim holatidir.

Yaqin Sharqdagi urushni barcha frontlarda tugatish bo‘yicha kelishuv tafsilotlari hali jamoatchilikka ochiqlanmagan. Ammo Eron va vositachi Pokiston ushbu kelishuv Livan hududiga ham tegishli ekanini bildirdi.

“Hizbulloh” 2 mart kuni Isroilga raketa zarbalari berish orqali mamlakatni ushbu urushga tortgan edi. Guruh buni AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron oliy rahnamosi o‘ldirilgani uchun o‘ch olish deb baholagan. Bunga javoban Isroil Livanga havodan zarbalar berdi va quruqlikdan bostirib kirdi. Livan tomonining ma’lum qilishicha, ushbu urush oqibatida 3700 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1 milliondan ziyod kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!