Isroil hujumi ostida bo‘lgan Livandan Suriyaga 128 mingdan ortiq odam o‘tgan. Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari o‘rinbosari Kelli Klements ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Klementsning qayd etishicha, Livanda zo‘ravonliklarning kuchayishi allaqachon og‘ir ahvolda qolgan mamlakat aholisining ahvolini yomonlashtirmoqda.
«128 mingdan ortiq odam xavfsizlik izlab Suriya chegarasini kesib o‘tdi», deb yozadi u.
BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari o‘rinbosari ham aholining ehtiyojlari kundan-kunga ortib borayotganini ta’kidladi.
Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va Hizbulloh o‘rtasida nazorat ostidagi to‘qnashuvlar 2023 yil 8-oktabrdan beri davom etmoqda.
2024 yil 23 sentyabrda Isroil havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.
Livan rasmiylariga ko‘ra, Isroil havo hujumlarida 1374 kishi, jumladan 104 bola va 194 ayol halok bo‘lgan.
Isroil armiyasining 27 sentyabr kuni Bayrutga bergan zarbasi natijasida «Hizbulloh» harakati bosh kotibi Hasan Nastralla halok bo‘ldi.