Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Livandagi vaziyat qaltis: AQSh elchixonasidan shoshilinch bayonot

Livandagi vaziyat qaltis: AQSh elchixonasidan shoshilinch bayonot

AQSh Davlat departamenti mamlakatdagi beqaror va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavfsizlik holati tufayli AQSh fuqarolarini Livanni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.

"Davlat departamenti AQSh fuqarolarini hali tijorat reyslaridan foydalanish imkoniyati bor vaqtda Livanni zudlik bilan tark etishga qat’iy chaqiradi", — deyiladi AQShning Livandagi elchixonasi saytida e’lon qilingan bayonotda.

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona AQSh fuqarolarini Livanga borishdan tiyilishga chaqirdi va mamlakatni tark etmaslikka qaror qilgan amerikaliklarga favqulodda vaziyatlar uchun harakat rejasini tayyorlashni hamda vaziyat yomonlashgan taqdirda, joyida qolishga tayyor turishni tavsiya qildi.

"Ushbu muqobil rejalar mamlakatdan chiqib ketish yoki evakuasiya qilishda AQSh hukumatining yordamiga tayanmasligi kerak", — deya aniqlik kiritiladi nashrda.

Kiritildi: Bugun 19:44. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!