Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Livandagi Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 3800 nafarga yaqinlashib qoldi

Livandagi Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 3800 nafarga yaqinlashib qoldi

Livanda Isroil havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3756 kishiga yetdi, 11632 kishi yaralandi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil havo kuchlari Livanning janubi va sharqidagi "Hizbulloh" jangarilari joylashgan aholi punktlariga hujum qilishda davom etmoqda.

"So‘nggi 48 soat ichida bu hududlarda 45 kishi halok bo‘ldi va 149 kishi yaralandi", deb ta’kidladi vazirlik.

Kuchli bombardimonga uchragan Nabatiya shahri va uning atrofidagi hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda va kun oxiriga kelib qurbonlar va yaradorlar soni ko‘payishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:11. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!