Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Livanda vaziyat qanday?

Livanda vaziyat qanday?

Isroil armiyasi Livanga hujumlarini davom ettirmoqda. Livan janubidagi qishloq va shaharlar, shuningdek, Bekaa, Baalbek va poytaxt Bayrutga hujumlar uyushtirdi. So‘nggi 24 soat ichida 95 kishi halok bo‘lgan, 172 kishi jarohatlangan.

Kecha tunda SAXALning 98-diviziya bo‘linmalari, 7-brigada kommandoslari, desantchilari va zirhli texnikalari Livan hududiga bostirib kirdi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Isroil zirhli kuchlari va Hizbulloh bo‘linmalari o‘rtasida shiddatli otishmalar davom etmoqda.

Livan armiyasi va BMT tinchlikparvar kuchlari Isroil bilan chegaradagi bir qancha pozisiyalaridan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi.

Livandagi Hizbulloh harakati Isroil tomon 40 dan ortiq raketa uchirdi.

The Jerusalem Post gazetasi 25 sentyabr kuni Livan Isroilning “va’da qilingan yerlari”ning bir qismi ekani haqidagi maqolani chop etib, keyin tezda o‘chirib tashladi. Mazkur maqola jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik nashrni diniy asoslar niqobi ostida ekspansionistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda aybladi.

Amerikalik senator Mark Kelli Isroil o‘tgan hafta Bayrutda Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohni o‘ldirish uchun qo‘llagan 900 kilogrammli bombalar Amerikada ishlab chiqarilgan boshqariladigan qurollar ekanini ta’kidladi. JDAM navigasiya tizimiga ega MK-84 aqlli bombalari Isroil tomonidan tinch aholi nishonlariga, jumladan, G‘azodagi 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan Al-Ahli Baptistlar kasalxonasiga va falastinlik qochqinlar lagerlariga hujumlarda ishlatilgan.

30 sentyabr kuni kechqurun SAXAL Livan bilan chegaradagi uchta – Metula, Misgav-Am va Kfar-Giladi aholi punkti atrofidagi hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. Ushbu hududga kirish taqiqlangan.

Kiritildi: 18:06 01.10.2024. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!