Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi

Isroilning Livandagi havo hujumlari so‘nggi 24 soat ichida 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va yana 85 kishini yaraladi.

Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri halok bo‘lganlarning umumiy soni 2727 kishiga, yaradorlar soni esa 8438 kishiga yetdi", deyiladi xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, kecha Nabatiya shahri va uning atrofidagi hududlar kuchli bombardimonga uchragan, qutqaruvchilar vayronalarni tozalashda davom etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’kidlaganidek, "Kun oxiriga kelib qurbonlar va yaralangan fuqarolar soni ko‘payishi mumkin".

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!