Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Livan o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor. Endi hamma gap Isroilda qoldi

Livan o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor. Endi hamma gap Isroilda qoldi

Livan tashqi ishlar vaziri Abdulloh Bu Habib Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda ma’lum ijobiy siljishlar borligini, biroq yakuniy natijaga hali erishilmaganini aytdi. U La Repubblica nashriga bergan intervyusida uning mamlakati tegishli kelishuvni imzolashga tayyorligini, endi hammasi Isroilga bog‘liqligini ishontirdi.

"Biz amerikaliklarga (vositachi bo‘lib ishlayotgan) BMTning 1701-rezolyusiyasini to‘liq bajarishga tayyor ekanligimizni aytdik, endi hammasi Isroil tomoniga bog‘liq" - dedi vazir.

Abdulla Bu Habib o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 60 kunlik o‘tish davrini ko‘zda tutayotganini, bu davrda Isroil armiyasi chiqib ketishi, Livan janubidagi hudud esa BMT Muvaqqat kuchlarining tinchlikparvar missiyasi ko‘magida milliy armiya nazorati ostida bo‘lishini ta’kidladi. Livan armiyasi va BMT missiyasi soni oshirilishi mumkin. Livanlik vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi livanliklar, isroilliklar, BMT muvaqqat kuchlari vakillari, amerikaliklar va fransuzlardan iborat qo‘mita tomonidan nazorat qilinadi.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!