Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning 2 martdan beri amalga oshirgan havo zarbalari oqibatida kamida 2294 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Al Arabiya’ga tayanib xabar berilishicha, ushbu ma’lumot Isroil va Livan o‘rtasida e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi kunida e’lon qilingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 274 nafar ayol, 177 nafar bola hamda 100 nafar tibbiyot xodimi va qutqaruvchilar bor.
Vazirlik ta’kidlashicha, aniq qurbonlar soni yana ortishi mumkin, chunki vayronalar ostida qolganlar topilmoqda, jasadlar chiqarilmoqda va DNK tekshiruvlari orqali shaxslar aniqlanmoqda.