Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Livan bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv loyihasi e’lon qilindi

Livan bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv loyihasi e’lon qilindi

Isroilning davlatga qarashli “Kan” teleradiokompaniyasi kecha Livan bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv loyihasini e’lon qildi. Hujjatda 1701-rezolyusiyaga binoan, mamlakat janubi faqat Livan qurolli kuchlari va BMT tinchlikparvar missiyasi tomonidan nazorat qilinishi ta’kidlangan.

Isroil o‘t ochish to‘xtagandan keyin yetti kun ichida qo‘shinini to‘liq olib chiqib ketadi.

Bitim imzolangan paytdan boshlab Isroil armiyasi va Livanning shia harakati “Hizbulloh” tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish to‘liq ta’minlanishi kerak. Yarashuv muddati 60 kunni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Livan armiyasi va BMT vaqtincha kuchlari Litani daryosi janubida “Hizbulloh”ni to‘liq qurolsizlantirishi va guruh infratuzilmasi buzib tashlanishini ta’minlashi lozim. Shuningdek, hududda hech qanday boshqa qurolli guruhlar ham bo‘lmasligi kafolatlanishi lozim.

Isroil o‘z mudofaa armiyasi bo‘linmalarini bir haftada Livan janubidan olib chiqib ketadi. Jarayon AQSh va yana bir necha mamlakat nazorati ostida kechadi.

O‘t ochish to‘xtagach, Livan armiyasi quruqlik, havo va dengizdagi barcha chegara hududlariga joylashtiriladi. Ta’kidlanishicha, BMT Xavfsizlik kengashi 2006 yil qabul qilgan 1701-rezolyusiyaga asosan hamda turli guruhlar qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Livan hukumati mamlakatga olib kirilayotgan yoki mahalliy sharoitda ishlab chiqarilayotgan har qanday qurolni nazorat qilishi shart.

Hujjatning ushbu bandini amalga oshirish uchun hukumat mamlakat xavfsizlik kuchlariga zarur vakolatni beradi.

Ikki oy davomida Isroil va Livan BMT rezolyusiyasini to‘liq bajarish va chegara bahsini hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki AQSh orqali muzokara olib boradi. Shuningdek, urushni to‘xtatishga rioya qilishni ta’minlash uchun yangi Xalqaro monitoring mexanizmi (Monitoring and Enforcement Mechanism, IMEM) yaratiladi.

Isroil va Livan zarurat tug‘ilganda o‘zini o‘zi mudofaa qilish chorasini ko‘rishga haqli. Yana bir alohida bandga ko‘ra, agar Livan hukumati o‘z hududida xavfni bartaraf qila olmasa, jumladan og‘ir qurol, raketa va boshqa zamonaviy aslahalarni ishlab chiqarish, saqlash va tashishga to‘siq qo‘ya olmasa, Isroil bunday tahdiddan himoyalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Mazkur hujjat lohihasi allaqachon Isroil siyosiy idoralariga taqdim etilgan. Masalani muhokama qilish uchun AQSh Prezidenti maslahatchisi Amos Xoxshteyn va Amerika ma’muriyati Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Brett Makgerkning Isroilga tashrifi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:32 31.10.2024. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!