Litva Bosh prokuraturasi Yevropa davlatlarida teraktlar uyushtirishda gumonlanuvchilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Prokuratura gumondorlar DHL va DPD yuk tashish kompaniyalari xizmatlaridan foydalanib, Litva poytaxtidan Yevropaning turli mamlakatlariga, jumladan, Germaniya, Polsha va Buyuk Britaniyaga kosmetika konteynerlariga yashirilgan portlovchi moddalar solingan to‘rtta posilka jo‘natgan.
Litva, Rossiya, Latviya, Estoniya va Ukraina fuqarolari bo‘lgan jami 15 shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Aytilishicha, jinoyatlar "razvedka idoralari bilan aloqasi bo‘lgan Rossiya fuqarolari tomonidan uyushtirilgan va muvofiqlashtirilgan".
O‘tgan yozda DHL logistika kompaniyasining Leypsig va Birmingemdagi (Birlashgan Qirollik) omborlarida yondiruvchi moslamalar bo‘lgan posilkalar paydo bo‘lgan va keyinchalik ular yonib ketgan. Polshada posilka ham DHL yuk mashinasida yong‘inga sabab bo‘ldi. Leypsigdagi yong‘indan so‘ng Federal prokuratura tekshiruv boshladi. Litva prokuraturasiga ko‘ra, to‘rtinchi portlovchi qurilma portlamagan.