Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Litva piyodalarga qarshi minalar bo‘yicha Ottava konvensiyasidan chiqdi

Litva piyodalarga qarshi minalar bo‘yicha Ottava konvensiyasidan chiqdi

Litva piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani (Ottava konvensiyasi) denonsasiya qildi.

Seym (parlament) yalpi majlisida hujjat bo‘yicha majburiyatlardan voz kechishni yoqlab 107 deputat ovoz berdi, 3 nafari betaraf, hech kim qarshi ovoz bermadi.

"Konvensiyadan chiqish Litva armiyasining harakatga qarshi kurash choralarini qo‘llashning oldini olish vositalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi", deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi.

Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasi 1999 yilda kuchga kirgan va unga 164 davlat qo‘shilgan. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu turdagi qurollar ko‘p sonli tinch aholi qurbonlariga sabab bo‘lmoqda va harbiy amaliyotlar tugaganidan keyin ham uzoq yillar davomida xavf tug‘dirmoqda.

Kiritildi: 14:38 08.05.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!