Vilnyus okrugida dronlar tahdidi sababli "qizil" darajadagi xavf e’lon qilindi. Litva armiyasi "sariq" ogohlantirishdan so‘ng xavf darajasini "qizil"ga ko‘tardi.
Inqirozlarni boshqarish milliy markazi (NKVC) maktab va bog‘chalardan bolalarni zudlik bilan boshpanalarga olib tushishni talab qildi. Vilnyus aeroporti vaqtincha yopildi, ko‘chalarda jamoat transporti va mashinalar harakati to‘xtab qoldi.
Delfi nashrining xabar berishicha, mamlakat prezidenti Gitanas Nauseda, bosh vazir Inga Ruginene va Seym raisi Yozas Olekas ham bombadan saqlanish boshpanalariga tushirilgan. Xavf e’lon qilinganidan 15 daqiqa o‘tib, aholiga boshpanalarni tark etish mumkinligi ma’lum qilindi, deyiladi xabarda.