Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Liseylarga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi

Liseylarga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: O‘quvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik liseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda(shaxsiy kabinetidan) apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Kiritildi: 22:55 31.07.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!