O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida joylashgan “B.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi 3 dona yonilg‘i to‘ldirish ustunlaridagi 8 talik to‘ldirish dastaklari orqali neft mahsulotlari (Ai-80, Ai-91, Ai-92, Ai-95) ni tegishli lisenziya olmasdan chakana sotish faoliyatini amalga oshirib kelayotganligi aniqlandi.
1️⃣ Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli Qonuniga ko‘ra, ushbu AGTShga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.