Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“LIONSGATE” nomli noqonuniy kripto-loyiha fosh etildi

“LIONSGATE” nomli noqonuniy kripto-loyiha fosh etildi

ILMA mutaxassislari Internet monitoringi davomida kripto-aktivlar bilan operasiyalar niqobi ostida fuqarolar mablag‘ini to‘playotgan hamda “moliyaviy piramida” belgilariga ega bo‘lgan “LIONSGATE” loyihasining faoliyatini aniqladilar. Loyiha tashkilotchilari O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasida faoliyat yuritish uchun belgilangan lisenziyaga ega emas. Agentlik ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘lladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlarni faqat belgilangan tartibda lisenziya olgan O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar amalga oshirishi mumkin. Lisenziyalangan provayderlar reestri Agentlik veb-saytida mavjud.

Shu bilan birga, fuqarolar va yuridik shaxslar kripto-aktivlarni sotib olish, sotish yoki ayirboshlash operasiyalarini 2023 yil 1 yanvardan boshlab faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari shart. Belgilangan tartibni buzish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqiramiz:

🗣 Lisenziyasiz kripto-loyihalarga mablag‘ yo‘naltirmang.

🗣 Operasiya amalga oshirishdan oldin provayder lisenziyasi mavjudligini tekshiring.

🗣 Noqonuniy loyihalarda ishtirok etish moddiy zarar va javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!