Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lionel Messining bir o‘zi butun «Real» tarkibidan yaxshiroq statistika qayd etdi

Lionel Messining bir o‘zi butun «Real» tarkibidan yaxshiroq statistika qayd etdi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi KJCh chorak finalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi o‘yinda (4:0) bitta golli vaziyat yaratdi.

ESPN xabariga ko‘ra, bu turnir yarimfinalida parijliklarga qarshi o‘ynagan «Real»ning butun tarkibidan ko‘ra yaxshi natija hisoblanadi. Ispan grandi ham ushbu bahsda 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi, biroq birorta ham golli vaziyat yarata olmadi (0).

Bundan tashqari, «Inter Mayami» «PSJ»ga qarshi o‘yinda «Real»ga qaraganda ko‘proq to‘pga egalik qilgan (33,4 foiz - 31,9 foiz).

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yildan 2023 yilgacha «PSJ» safida to‘p surgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:26 10.07.2025. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!