Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Lionel Messi jamoasini o‘zgartirishi mumkin!

Lionel Messi jamoasini o‘zgartirishi mumkin!

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Flavio Azzaroning xabar berishicha, 39 yoshli futbolchi o‘z vataniga qaytib, "Nyuells Old Boyz" klubi safiga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Aynan ushbu jamoada Messi futbolchilik faoliyatining dastlabki qadamlarini qo‘ygan edi.

Manbaga ko‘ra, "Barselona"ning afsonaviy sobiq futbolchisi 2027 yilning yanvar oyidayoq Argentina klubiga o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

Biroq hozircha ehtimoliy transfer yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yildan buyon AQShning "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Argentinalik yulduz joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:04 06.11.2026. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik