Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

LGBTni targ‘ib qilgan Miraziz Bazarovga yakuniy hukm o‘qildi

LGBTni targ‘ib qilgan Miraziz Bazarovga yakuniy hukm o‘qildi

2022 yil 21 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi M. Bazarov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi raisi S. Sodiqov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra M. Bazarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat berishlari yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.

Kiritildi: 20:58 21.01.2022. O'qildi: 14012 marta. Fikrlar soni: 21 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!