"Barselona" markaziy hujumchisi Robert Levandovski "Selta"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab 3 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
Alfredo Martines xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" murabbiylar shtabi 36 yoshli polshalik forvardning tiklanish jarayonini tezlashtirmoqchi emas.
Levandovski "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi finali va YECHL yarim finalidagi "Inter"ga qarshi ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.