Rossiyaning Leningrad viloyatida Mi-28 vertolyoti qulab tushishi sabab ekipaj halok bo‘ldi.
Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, vertolyot o‘q-dorisiz o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarayotganda aholi punktlaridan uzoqda, kimsasiz hududga qulab tushgan.
Xabar qilinishicha, vertolyot ekipaji halok bo‘lgan.
Shuningdek, Leningrad harbiy okrugi matbuot xizmati vertolyot Rossiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli ekanligini ma’lum qilgan. Halokat sababi esa hozircha aytilmagan.