Bugun 10 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Le Pen apellyasiya bermoqchi

Le Pen apellyasiya bermoqchi

Frasiya sudi o‘ta o‘ng “Milliy birlik” partiyasi yetakchisi Marin Le Penni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qildi va besh yil muddatga saylovda qatnashishni taqiqladi.

BBC xabariga ko‘ra, sud Marin Le Penga to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish (shundan ikki yili shartli uy qamog‘i), 100 000 yevro jarima va besh yil davomida saylovlarda qatnashish taqiqi jazosini belgiladi.

"Buning natijasida Le Pen 2027 yilgi Fransiya prezidentligi uchun saylovda qatnasha olmaydi, holbuki u ushbu saylovda asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi", deya qayd etadi nashr.

Le Pen apellyasiya berishi kutilmoqda, ammo qaror allaqachon kuchga kirgan. Odatda, Fransiyada jazolar apellyasiya jarayoni tugamaguncha ijro etilmaydi, ammo bu ishda sudyalar darhol ijroga qaratilgan qaror chiqargan.

BBC shuningdek, “Milliy birlik” partiyasida zaxira nomzod borligini qayd etdi — bu 29 yoshli Jordan Bardella. U 2022 yildan beri partiyaning rasmiy yetakchisi bo‘lib, avvalroq bosh vazir lavozimiga da’vogarlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Le Pen va uning partiyasining sakkiz nafar deputati Evroparlamentdagi yordamchilari uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z xodimlariga to‘lash uchun ishlatishda ayblanmoqda. Le Pen bu ayblovlarni rad etib, ularni "siyosiy tusga ega" deb atamoqda.

Kiritildi: 17:03 31.03.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!