Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘an o‘z mamlakati shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyo tizimida muhim o‘rin egallashini ta’kidladi. Bu haqda Turkiya rahbari mamlakatning parlamentidagi hukmron partiya fraksiyasi yig‘ilishida so‘zladi.
Uning aytishicha, jiddiy global jarayonlar fonida dunyo "bir qutbli modeldan ko‘p qutbli modelga tez sur’atda o‘tmoqda".
"Turkiya bu jarayonda g‘oyat muhim rol o‘ynamoqda. Biz xalqaro maydondagi tez o‘zgarishlar sharoitida barqarorlikni saqlay olgan kam sonli davlatlardan birimiz. Bugun Turkiyaga tashqaridan biron-bir rolni majburlab bo‘lmaydi. Bizsiz yangi dunyo tartibi shakllanishi mumkin emas," deya ta’kidladi Erdog‘an.