Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Lazizbek Mullojonov doping sabab 3 yilga diskvalifikasiya qilindi

 Lazizbek Mullojonov doping sabab 3 yilga diskvalifikasiya qilindi

Shu yilning 11 iyun kuni musobaqadan tashqari o‘tkazilgan doping nazorati chog‘ida o‘zbekistonlik bokschi Parij Olimpiadasi chempioni, Jahon chempioni Lazizbek Mullojonovdan olingan namunada metasteron moddasi - anabolik-androgenik steroid aniqlangandi.

O‘sha paytda unga dastlab, vaqtinchalik chetlatish jazosi qo‘llanilgandi. \

Xalqaro test agentligining (ITA) ma’lum qilishicha, Mullojonov o‘ziga nisbatan 3 yillik diskvalifikasiya jazosi qo‘llanilishiga rozi bo‘lgan. Qayd etilishicha, Lazizbek antidoping qoidalarini (ADRV) buzgani bo‘yicha qarorga e’tiroz bildirmagani orqali 4 yil emas, balki 3 yilga diskvalifikasiya qilingan. Hamyurtimizning havaskor boksdagi diskvalifikasiya muddati 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgacha amal qiladi.

Bu holatda shu narsa oydinlashyaptiki, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi bokschimizning "ro‘yxati"dan o‘chiriladi. Uning 2025 yil 11 iyundan 22 iyulga qadar havaskor boksda qayd etgan barcha natijalari bekor qilinadi.

Qizig‘i, Lazizbek Mullojonov bugun Toshkentdagi prof boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Kiritildi: 21:35 14.11.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!