Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Lazizbek Mullajonov WBC Eurasia chempionlik kamari uchun ringa ko‘tariladi

Lazizbek Mullajonov WBC Eurasia chempionlik kamari uchun ringa ko‘tariladi

2026 yil 29 may kuni Toshkent shahridagi Humo Arena majmuasida yirik professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli sport tadbiri WBC Eurasia hamda O‘zbekiston professional boks federasiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Kechaning markaziy janglaridan birida Parij–2024 Olimpiya o‘yinlari chempioni Lazizbek Mullojonov qizil burchakda, venesuelalik tajribali bokschi Luis Jose Marin Garcia esa ko‘k burchakda ringa ko‘tariladi.

10 raundga mo‘ljallangan mazkur bellashuvda bokschilar WBC Eurasia chempionlik kamari uchun bahs olib boradilar.
Lazizbek Mullojonov havaskor boksda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan biri hisoblanadi. U Parij–2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni hamda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Professional ringda esa hozirga qadar 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Uning raqibi Luis Jose Marin Garcia 39 yoshda bo‘lib, professional faoliyati davomida 30 ta jangda ishtirok etgan. Hisobida 17 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud.

29 may kuni bo‘lib o‘tadigan professional boks kechasida Olimpiya chempionlari va jahon ringining taniqli yulduzlari ishtirokida yana bir qator nufuzli janglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:46. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!