Fransiya Prezidenti Rossiyaga qarshi yadro qurolidan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida gapirdi, deya ta’kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning yadroviy ritorikasini Rossiyaga tahdid deb atadi, deb xabar beradi tass.ru.
“Albatta, bu Rossiya uchun tahdid. Agar u (Makron) bizni tahdid deb hisoblasa, Yevropa davlatlari va Britaniya bosh shtab boshliqlarini yig‘ilishga chaqirsa, Rossiyaga qarshi yadro qurolini qo‘llashga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytsa, bu, albatta, tahdiddir”, deb ta’kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri matbuot anjumanida.